
Yosh lider
Umumiy reyting
Sahifa ko'rishlari
Narzullayeva Farzona Avaz qizi 2009-yil 10-dekabrda Jizzax viloyatida tavallud topgan. Hozirda Jizzax viloyati, Baxmal tumanida istiqomat qiladi. Yoshligidanoq ilmga, xususan, chet tillarini o'rganishga bo'lgan katta qiziqishi uning kelajakdagi maqsadlarini belgilab bergan. Bu yo'lda ota-onasining doimiy qo'llab-quvvatlashi hamda ustozlarining unga bildirgan ishonchi Farzona uchun eng katta motivatsiya manbai bo'lib xizmat qiladi.
Umumiy o'rta ta'limni muvaffaqiyatli tamomlagan Farzona hozirgi kunda Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi 2-son kasb-hunar texnikumida tahsil olmoqda. U kelajakda malakali tarjimon bo'lishni maqsad qilgan va shu yo'lda chet tillarini chuqur o'rganishda davom etmoqda. Bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishga harakat qiladi: asosan kitob mutolaa qiladi, xususan, chet el adabiyotining tarjima variantlarini o'qishga qiziqadi va muntazam ravishda shaxsiy kundalik yuritadi. Bu uning intellektual salohiyatini oshirishga va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.
Izlanishlari natijasida Farzona Ona tili fanidan milliy sertifikatni qo'lga kiritgan. Ta'lim jarayonida turli tanlovlar va tadbirlarda doimiy ravishda faol ishtirok etib keladi. U har qanday kelajakka qadam qo'yayotgan yoshlarga to'g'ri maslahat ulasha olishiga ishonadi. Farzonaning fikricha, haqiqiy lider bo'lish uchun jamoa bilan ishlash qobiliyati, mas'uliyatni o'z zimmasiga olish, halollik, tashabbuskorlik hamda hech qachon harakatdan to'xtamaslik kabi muhim fazilatlar zarur. Bu uning hayotiy prinsipi bo'lgan "Bugungi mehnat — ertangi muvaffaqiyatning poydevori" shiori bilan chambarchas bog'liqdir.
Uning oldiga qo'ygan kelajakdagi rejalari juda ulkan. Farzona oliy o'quv yurtiga kirish imtihonlarida eng yuqori — 189 ballni qo'lga kiritib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi bo'lishni ko'zlamoqda. Shuningdek, nafaqat professional tarjimon, balki styuardessa sifatida faoliyat yuritishni, ko'plab xorijiy davlatlarga sayohat qilishni ham niyat qilgan. Ta'lim borasida esa o'z bilimini AQSHda davom ettirish orqali tajriba to'plash va O'zbekiston rivojiga munosib hissa qo'shish uning oliy maqsadlaridan biridir. U barcha yoshlarga shunday maslahat beradi: "Maqsadingizni aniq belgilang va har kuni unga yaqinlashish uchun harakat qiling. Kichik qadamlar ham, albatta, katta natijalarga olib keladi!"
Nomzod oylik yangilanish orqali ma'lumot yuborganidan va tahririyat tasdiqlaganidan so'ng bu yerda ko'rinadi.