
Yosh lider
Umumiy reyting
Sahifa ko'rishlari
Ishkuvvatova Jasmina Alisher qizi 2006-yil 3-iyulda Samarqand viloyati, Narpay tumani, Oqtosh shahrida tug‘ilgan. Hozirda Navoiy viloyati, Navoiy shahrida yashaydi.
U ISFT instituti Samarqand filialining xalqaro munosabatlar yo‘nalishi 3-kurs talabasi. Shuningdek, Polshadagi University of Gdańskda Student Exchange dasturi doirasida 2026-yil 28-fevraldan 30-iyungacha tahsil oladi.
2026-yil 14-fevralda uning birinchi kitobi nashr etilgan. “Тройной Апгрейд” nomi qayd etilgan. Shuningdek, uning maqolasi ham chop etilgan. Bo‘sh vaqtida she’r va kitob yozadi.
Uning hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan inson — onasi. Onasi unga ta’lim olish, dunyoni ko‘rish, turli mamlakatlarga sayohat qilish va yangi madaniyatlarni kashf etish imkoniyatini bergan. Jasmina har bir yangi imkoniyatni ishonch bilan kutib oladi hamda insonning eng katta chegarasi uning o‘ziga qo‘ygan chegaralari ekaniga ishonadi.
Uning hayotiy shiori: “Orzular amalga oshganda emas, ular sari yo‘l boshlanganda inson o‘zgaradi.” U liderlikni boshqalarga yo‘l ko‘rsatish, tinglash, qo‘llab-quvvatlash va ilhomlantirish deb biladi.
Jasminaning maqsadi xalqaro maydonda O‘zbekistonni munosib vakillik qila oladigan mutaxassis bo‘lish hamda turli mamlakatlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shishdir. U boshqa yoshlarga: “Orzularingizni kichraytirmang”, deb maslahat beradi.
AdabiyotX
Nomzod oylik yangilanish orqali ma'lumot yuborganidan va tahririyat tasdiqlaganidan so'ng bu yerda ko'rinadi.