Ommaviy oferta shartnomasi
Oxirgi yangilanish: 5 sentabr, 2026
O‘ZBEKISTON LIDER YOSHLARI ENSIKLOPEDIYASI
“MUKAMMAL MEDIA GROUP” MCHJ TASARRUFIDAGI PLATFORMADA
BIOGRAFIK MAQOLA JOYLASHTIRISH BO‘YICHA OMMAVIY OFERTA SHARTNOMASI
Ushbu ommaviy oferta shartnomasi (keyingi o‘rinlarda — Shartnoma) “MUKAMMAL MEDIA GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda — Tashkilot)ga tegishli bo‘lgan liderlar.uz internet sayti orqali yuritiladigan “O‘zbekiston Lider Yoshlari Ensiklopediyasi” platformasi tomonidan ommaviy foydalanish uchun e’lon qilinadi hamda ensiklopediyaga kiritilishi rejalashtirilgan jismoniy shaxs (keyingi o‘rinlarda — Nomzod) bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369–370-moddalariga muvofiq tuziladi.
Mazkur Shartnoma ommaviy oferta hisoblanib, Nomzod tomonidan Tashkilotga biografik ma’lumotlar, fotosuratlar va boshqa zarur axborotlarning taqdim etilishi hamda belgilangan tartibda to‘lov amalga oshirilishi ushbu Shartnoma shartlarini to‘liq, so‘zsiz va cheklovlarsiz qabul qilinganini anglatadi.
Nomzod ushbu Shartnoma shartlari bilan to‘liq tanishib chiqqanligini, ularning mazmuni va huquqiy oqibatlarini anglaganligini hamda ongli ravishda rozilik bildirganligini telegram messenjeridagi yozma kelishuv orqali tasdiqlaydi. Mazkur rozilik alohida imzo qo‘yilishini talab etmaydi va ommaviy oferta shartlariga muvofiq qonuniy kuchga ega hisoblanadi.
1. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Ushbu Shartnomaning predmeti Nomzod haqidagi biografik-ensiklopedik maqolani:
• tayyorlash;
• tahrirlash;
• elektron formatga keltirish;
• “O‘zbekiston Lider Yoshlari Ensiklopediyasi” platformasida e’lon qilishdan iborat.
1.2. Maqola Nomzod tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tayyorlanadi hamda ensiklopedik, axborotiy va ijtimoiy-ma’rifiy xarakterga ega bo‘ladi.
2. NOMZODNING MAJBURIYATLARI
2.1. Nomzod maqola va brending ishlari uchun:
• to‘g‘riga qaragan;
• rasmiy yoki yarim rasmiy kiyimda;
• yuqori sifatli fotosuratni taqdim etishi shart.
2.2. Nomzod quyidagi biografik savollarga to‘liq va ishonchli javoblarni taqdim etadi:
1) To‘liq ismi, familiyasi va otasining ismi;
2) Tug‘ilgan sanasi va joyi;
3) Hozirgi yashash hududi;
4) Ta’lim darajasi va o‘qigan muassasalari;
5) Faoliyat yuritayotgan yoki tahsil olayotgan sohasi;
6) Faoliyat boshlanish davri;
7) Muhim yutuqlar va mukofotlar;
8) Hayotiga ta’sir qilgan shaxs yoki voqea;
9) Hayotiy shiori yoki prinsipi;
10) Bo‘sh vaqt mashg‘ulotlari;
11) Liderlik uchun muhim deb bilgan fazilati;
12) Kelajakdagi rejalari va maqsadlari;
13) Boshqalarga bera oladigan tajribasi;
14) Qo‘shimcha muhim ma’lumotlar;
15) Yoshlar uchun maslahat yoki motivatsion fikr.
2.3. Nomzod tomonidan taqdim etilgan barcha ma’lumotlarning haqqoniyligi va qonuniyligi uchun Nomzod shaxsan javobgar hisoblanadi.
3. MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH VA MAXFIYLIK
3.1. Nomzod tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar ochiq ensiklopedik axborot hisoblanadi.
3.2. Nomzod o‘z ma’lumotlari va fotosuratlarining internet tarmog‘ida ochiq e’lon qilinishiga rozilik bildiradi.
3.3. Tashkilot ma’lumotlardan faqat ensiklopedik, axborotiy va ma’rifiy maqsadlarda foydalanadi.
4. TO‘LOV SHARTLARI
4.1. Maqolani ensiklopediyaga joylashtirish uchun yillik badal miqdori 100 000 (bir yuz ming) so‘mni tashkil etadi.
4.2. Ushbu mablag‘lar:
• platformani texnik qo‘llab-quvvatlash;
• maqolalarni yuritish va saqlash;
• loyihani rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
4.3. To‘lovni 14 kalendar kuni ichida bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.
4.4. To‘lov kelishuv boshlangan kundan boshlab 14 kalendar kuni ichida to‘liq amalga oshirilishi shart.
5. MAQOLANI O‘ZGARTIRISH SHARTLARI
5.1. Maqola e’lon qilinganidan so‘ng:
• bir yil ichida qilinadigan o‘zgartirishlar bepul;
• oyiga bir marta o‘zgartirish murojaati qabul qilinadi;
• qolgan yillar uchun to‘lov kelishilgan shartlar asosida olinadi va yoki aksincha.
6. QO‘SHIMCHA LOYIHALAR
6.1. Tashkilot kelajakda seminarlar, podkastlar, reels va boshqa media loyihalarni amalga oshirishi mumkin.
6.2. Ushbu loyihalar Nomzodlarning ijtimoiy nufuzi va virtual imidjini oshirishga qaratiladi.
7. MAQOLANI E’LON QILISH MUDDATI
7.1. Barcha ma’lumotlar to‘liq taqdim etilgan taqdirda, maqola kelishuvdan keyingi ish kuni e’lon qilinadi.
8. TO‘LOV MA’LUMOTLARI
Plastik karta: 5614 6865 0041 6261
Karta egasi: Jaxongir Qurbonnazarov
To‘lov amalga oshirilgach, chek (skrinshot) taqdim etilishi shart.
9. YAKUNIY QOIDALAR
9.1. Nomzod tomonidan ma’lumotlar taqdim etilishi va to‘lov amalga oshirilishi ushbu Shartnoma shartlariga to‘liq rozilik bildirganini anglatadi.
9.2. Nomzod tomonidan belgilangan shartlar bajarilmagan taqdirda, unga dastlab tegishli tartibda ogohlantirish beriladi. Agar ogohlantirishdan so‘ng ham mazkur holat bartaraf etilmasa yoki belgilangan talablar bajarilmasa, amaldagi qonunchilik doirasida tegishli huquqiy choralar ko‘rilishi mumkin.
9.3. Ushbu Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan holda amal qiladi.
