
Promo kod
Jo'raboyeva Shahzoda Mahmudovna taklifi bilan ariza topshiring.
Shu kod bilan ariza →Liderlar.uz
Huquqshunoslik talabasi|Yuridik klinika volontyori
Jo'raboyeva Shahzoda Mahmudxon qizi 2007-yil 23-avgustda Namangan viloyatining Norin tumanida tug‘ilgan . U hozirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining 2-kurs talabasi bo‘lib, prokurorlik faoliyati yo‘nalishida tahsil oladi. Shahzoda huquqni muhofaza qilish sohasida faoliyat yuritar ekan Yuridik klinikada volontyorlik ham qiladi. U o'qish bilan bir qatorda turli loyiharda qatnashmoqda . O'z qobiliyatlar nafaqat yurispridensiya sohasida balki, milliy estrada yo'nalishida ham aks etadi.
Jo'raboyeva Shahzoda Mahmudxon qizi bolaligidan tinch va mo‘tabar oila muhitida ulg‘aygan. Yoshligidan ota-onasi uning aqliy, jismoniy va ruhiy yetuk inson sifatida ulgayishiga qulay muhit yaratgan. Hamisha "Sen eng zo'ri bo'lishing kerak, nima kerak bo'lsa men borman" deb otasi uni har tarflama qo'llab-quvvatlagan. Shundek ekan, Shahzodaning bugungi muvaffaqiyatlari zaminida ota-onasining unga bo'lgan ishonchi, tayanch bo'lib turishi va ustozlarining qo'llab-quvvatlashi yotadi. Ulardan olgan hayotiy saboqlari, ya'ni ishga sadoqat, bilimga intilish, muvaffaqiyatli inson bo'lib yetishish uni hamisha olg'a qadam tashlayga undaydi.
Shahzoda o‘z ta'lim yo‘lida har doim maqsadga intilib kelgan. Ota-onasi, ustozlari va atrofidagi insonlar uning huquq sohasida faoliyat yuritishiga ilhom bergan. Uning huquq sohasiga kirib kelishda otasining ta'siri katta. Otasining aytgan so'zlari, bergan motivatsiyasi, unga bildirgan ishonchi Shahzodani olg'a qadam tashlashga undaydi. U o'zining bilim olish va professional yetakchilik uchun bo'sh vaqtini ilova qilib, doimiy izlanishni qo'llab-quvvatlaydi. U o'z sohasida izlanish va amaliyot orqali huquqni muhofaza qilish sohasida tahsil olar ekan oshkora va adolatli muhit yaratish maqsadida tayyorgarlik ko'rmoqda.
Shahzoda o'rta ta'limi davomida o'zida o'zbekistonlik yoshlarning qobiliyatini ko'rishga va ularga yetakchilik qilish prinsiplariga e'tibor qaratdi. U o'zining qiziqishlariga qarab, o'z maqsadlariga erishgan. Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga davlat granti orqali kirishi u uchun bunday bir muvaffaqiyat bilan keladi. Bu ta'lim muassasasi unga nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko'nikmalarni ham egallashda yordam beradi.
Shahzoda Jo'raboyeva O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida ta'lim olar ekan, faqat ilm olish bilan cheklanmay, bir qancha xalqaro konferensiyalarda va tanlovlarda faol ishtirok etib klemoqda. Shuningdek, akadimiyaning aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish maskani bo'lish Yuridik Klinikada voliyontorlik qiladi. U talaba sifatida amaliy tajribalarni olish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni orttirishdan tortinmaydi. Shu boisdan, Akademiya hayotida faol va yetakchi talabalar qatoridan allaqachon o'rin olgan. Huquqiy muammolarni hal qilishda ta'sirchan ko'rinishi uning fikrlarini va talablarga muvofiq harakat qilish qobiliyatini oshiradi.
Shahzoda bir qator respublika miqyosida o'tkazilgan tanlovlar, konferensiyalar va loyihalarda ishtirok etib kelmoqda. U "Mening huquq va majburiyatlarim" "Huquq bilimdonlari" respublika ko‘rik-tanlovilarida g‘olib bo‘lgan. Yosh huquqshunos, yilning "Eng ma'rifatli va bilimdon o'quvchi" nominatsiyasi sovrindori hisoblanadi. Bir qancha tanlovlarda faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan Shahzoda ilm olishdan, izlanishdan hech ham tonmaydi.
Mazkur tanlovlarda ishtirok etish uning ijodini boyitdi hamda huquqiy bilimlarini oshirishga turtki bo'lgan ilmiy ishlarni amalga oshirishga ham undadi. O'z maqolalari bilan xalqaro bazalarda o'rin olmoqda. U o'z ilmiy maqolasi bilan 2026-yilda Jamoat xavfsizligi universitetida o'tkazilgan respublika talabalar ilmiy-amaliy anjumanida qatnashib "Eng yaxshi maqola" nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi va bu esa ilmiy faoliyatini yanada rivojlantirshga hissa qo'shdi. Bilim olish jarayoni davomida muntazam tadbirlarda ishtirok etishi uni yanada oldinga intilishga undaydi.
Shahzoda o'z shaxsini shakllantirishda ota-onasining ta'siri katta. Ular unga har doim ishonch bildirganlar va qiyin paytlarda ham yelkadosh bo'lishgan. Shahzoda hayotda muvaffaqiyatga erishish maqsadida o'zining ichki kuchi, ishtiyoqi va sabr-inoyatiga tayangan. Uning uchun barcha vaziyatlar yengish uchun imkoniyatdir va har bir muammo uning shaxsiy rivojlanish jarayonida muhim qadamdir.
Shahzoda bo'sh vaqtida badiiy kitoblar o'qiydi, she'r va maqolalar yozadi, rasm chizadi, va qo'shiq aytadi. U ijodiy faoliyatida milliy estrada sohasida mahoratini ko'rsatgan huquqshunos hisoblanadi. Hozirgacha bir necha marta "Yoshlar ovozi", "Kamalak yulduzlari", " Bo'zatov yoshlari" kabi tanlovlarda ishtirok etib faxrli o'rinlar egallagan. Uning qiziqishi shunchaki hobby sifatida qolmay, amaliy ifodasini ham topgan. Uning qiziqishlari faqat o'qish bilan chegaralanmay, ijtimoiy faoliyatda va liderlik qobiliyatlarini shakllantirishlarda aks etadi.
Shahzoda, uning fikricha, lider bo'lish uchun eng muhim fazilat ishonchdir. U, shuningdek, uni qiyinchiliklar va o'z nafsini tiyish qobiliyatini oqlay olishni biladi. U maqsadlariga erishish yo'lida sabr qilib, kuchini to'plash zarurlariga e'tibor beradi. Bu uning qobiliyatini, yuqori darajadagi etakchilikka erishishda asosiiy rol o'ynaydi.
Shahzodaning kelajak bilan bog‘liq orzu-maqsadlari ham ezgu niyatlar va yuksak mas’uliyat tuyg‘usiga yo‘g‘rilgan. U kelgusida huquq sohasidagi faoliyatini izchil davom ettirib, o‘z bilimi, salohiyati va mehnati bilan Vataniga hamda xalqiga munosib xizmat qilishni istaydi. Uning eng katta maqsadlaridan biri — qonun ustuvorligi ta’minlangan, inson huquq va erkinliklari qadrlanadigan, adolat har bir fuqaro hayotida o‘z ifodasini topadigan jamiyat ravnaqiga hissa qo‘shish.
Shahzoda erishgan yutuqlari bilan cheklanib qolishni istamaydi. U oldinda hali ko‘plab marralar, o‘rganilishi lozim bo‘lgan bilimlar va amalga oshirilishi kerak bo‘lgan rejalar borligini yaxshi anglaydi. Shu bois muntazam mutolaa qilish, izlanish, o‘z ustida ishlash va kasbiy mahoratini oshirishni hayotining muhim tamoyillaridan biri deb biladi. U o‘zi bosib o‘tgan yo‘lda orttirgan tajribasi va hayotiy saboqlarini boshqalar bilan baham ko‘rishni, yoshlarning bilim olishiga, o‘z imkoniyatlariga ishonch bilan qarashiga va ezgu maqsadlar sari intilishiga ko‘maklashishni ham orzu qiladi.
Uning qalbida ota-onasining ishonchini oqlash, ular kutganidan ham yaxshiroq inson bo‘lib voyaga yetish istagi alohida o‘rin tutadi. Shahzoda uchun haqiqiy muvaffaqiyat faqat yutuqlar va e’tiroflar bilan emas, balki insoniy fazilatlar, halollik, mas’uliyat va boshqalarga keltirilgan naf bilan ham o‘lchanadi. Shu sababli u nafaqat bilimli mutaxassis, balki el-yurt hurmatiga sazovor, adolatni qadrlaydigan va o‘z kasbiga sadoqat bilan yondashadigan inson bo‘lib yetishishni maqsad qilgan.
Zero, katta orzular sari yo‘l bir kunlik harakat bilan emas, balki tinimsiz mehnat, sabr va qat’iyat bilan bosib o‘tiladi. Shahzodaning bugungi izlanishlari va intilishlari esa uning ertangi kuniga qo‘yilayotgan mustahkam poydevordir.