Kirish
Karimova Muxlisa Farxod qizi 1999-yil 6-fevralda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida tug‘ilgan. U Qarshi Davlat Universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishida tahsil olgan, adabiyot va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha bir qator kurslarni tamomlagan. Muxlisa o'z faoliyatini ta'lim sohasida boshlagan va hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi G‘uzor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida faoliyat yuritmoqda.
