
Promo kod
Nasriddinov Abdulaziz Rustamovich taklifi bilan ariza topshiring.
Shu kod bilan ariza →Liderlar.uz
Yuridik litsey talabasi|Huquqshunoslik yo‘nalishi
Nasriddinov Abdulaziz Rustamovich 2010-yil 31-avgustda Toshkent shahri Mirobod tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Yangihayot tumanida yashaydi. U TDYU huzuridagi M. S. Vosiqova nomidagi yuridik litseyning 1-kurs talabasi bo‘lib, huquqshunoslik sohasida tahsil oladi.
Nasriddinov Abdulazizning huquq sohasiga bo‘lgan qiziqishi akasining ta’siri ostida boshlangan. U dastlab tarixga qiziqqan va bu qiziqish vaqt o‘tishi bilan siyosat, davlat boshqaruvi va huquq sohalariga ham ta’sir qilib, jamiyatdagi jarayonlarni chuqurroq anglashga olib kelgan. Akasi uning hayotga jiddiy qarashini, aniq maqsadlar belgilashini hamda qiyinchiliklar oldida taslim bo‘lmaslikni o‘rgatgan. Akasining hayotga bo‘lgan munosabati va maslahatlari, Abdulazizni o‘z ustida ko‘proq ishlashga, mustaqil fikrlashga va kelajagi uchun mas’uliyatni his qilishga undayotgan narsa bo'lgan.
U M.S. Vosiqova nomidagi yuridik litseydan 1-kurs talabasi sifatida, huquqshunoslik yo'nalishida tahsil olayotgan. O'qish jarayonida Abdulaziz bilimlarni kuchaytirish, huquqiy bilimlarini oshirishga va kelajakdagi faoliyati uchun zarur ko‘nikmalarni rivojlantirishga intiladi. U, jamiyatda sodir bo‘layotgan voqealarni yanada chuqurroq o‘rganib, huquqsohasiga kirishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Abdulaziz CEFR B2 sertifikati sohibi bo‘lib, bu uning ingliz tilini bilish darajasini ko‘rsatadi. Shuningdek, u tarix fanidan “B” darajali Milliy sertifikatga ega bo‘lishi, uning mantiqiy fikrlash imkoniyatlari va tarixi o‘rganishdagi muvaffaqiyatlarini kuzatish imkoniyatini yaratadi. Bu yutuqlar, uning kelajakda huquq sohasida yanada muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.
Bo‘sh vaqtida Abdulaziz huquqiy bilimlarini oshirishga, kitob o‘qishga, ingliz tilini rivojlantirishga va mantiqiy fikrlash qobiliyatini mustahkamlashga harakat qiladi. Kitoblar o'qish orqali u o'z dunyoqarashini yangilaydi va kelajakdagi faoliyati uchun zarur bilimlarni to‘playdi. U nafaqat o‘z fikrini ifodalashga, balki boshqalarning fikrlarini tushunishga ham intiladi.
Kelajakdagi rejalari bo‘yicha Abdulaziz Toshkent davlat yuridik universitetidagi akademik litseyni a’lo baholar bilan tamomlash, 5 ta sertifikatni qo‘lga kiritish va muddatidan oldin O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi talabasi bo‘lishni rejalashtirmoqda. U o‘z maqsadlariga erishish uchun har kuni kelajak uchun platforma asosida rejalashgan harakatlar qiladi.
Abdulaziz fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat o‘zini boshqarishdir. O‘z g‘azabi, qo‘rquvi yoki nafsi ustidan nazorat qila olmasa, boshqalarga yetakchilik qila olmaydi. U, shuningdek, boshqalarga o'z ustida ishlashni, vaziyatlarni mantiqiy tahlil qilishni va strategik qarorlar qabul qilishni o‘rganishga undaydi.
Abdulaziz yoshlar uchun motivatsion fikr sifatida shuni bildiradi: «Hozir hech kim sizning mehnatingizni ko‘rmasligi mumkin. Ammo vaqt o‘tib, odamlar sizning va’dalaringizni emas, natijalaringizni ko‘radi. Shuning uchun kamroq maqtaning, ko‘proq o‘rganing, puxtaroq reja tuzing va har kuni harakat qiling. Kelajakdagi mavqeingiz bugungi odatlaringiz bilan quriladi».
Ulkan maqsadlar sari yo‘l olgan Abdulaziz, kelajakda o‘zining huquqshunoslik sohasida yuqori pozitsiyalarda faoliyat yuritishni rejalashtiradi. Uning o‘z ustida ishlashga, mustaqil fikrlashga va kelajagi uchun mas’uliyatni his qilishga bo‘lgan intilishi, albatta, kelajakda katta yutuqlarga yetaklaydi.