Ta'lim va dastlabki qadamlar
Saidislom Nuriddinov Saxobiddin o‘g‘li 2006-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Huquq va siyosat sohasiga bo‘lgan chuqur qiziqishi uning ta'lim va kasbiy yo‘nalishini erta belgilab berdi. 2022–2024-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyda tahsil olib, 2024-yildan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetining talabasi sifatida o‘zining fundamental bilimlarini boyitmoqda. U o‘zining ijtimoiy-siyosiy faoliyatini juda erta – akademik litseyning 2-kursida o‘qiyotgan vaqtidayoq, 2023-yilning sentyabr oyidan boshlab Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti maslahat kengashi a’zosi sifatida shakllantira boshlagan.
