Gadayeva Mashhura Shuxrat qizi

Gadayeva Mashhura Shuxrat qizi
Gadayeva Mashhura Shuxrat qizi
30 avgust, 20261 daqiqalik o'qish

Gadayeva Mashhura Shuxrat qizi 2004-yil 13-aprelda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. Hozirda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida yashaydi. U tibbiyot sohasida tahsil olib, hozirda Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetining 6-bosqich talabasi hisoblanadi. 2021-yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasiga qabul qilingan.

Uning tibbiyot sohasiga kirib kelishida otasi muhim ta’sir ko‘rsatgan. Gadayeva Mashhura IELTS 7 sertifikatiga ega, «Po-russkii» kursini sertifikat bilan muvaffaqiyatli tamomlagan hamda ixtisoslashtirilgan maktab-internatni oltin medal bilan tugatgan.

Uning hayotiy prinsipi: «Hech qachon hech kimdan va jarayondan kutuv qilmang. Doimo qo‘shimcha reja bilan yurish kerak». U liderlik uchun har bir jamoa a’zosi liderdan nimani kutayotganini his qila bilish va doimo puxta reja tuza olish muhim, deb hisoblaydi.

Bo‘sh vaqtida she’r va hikoyalar yozadi, turli dizaynlarni chizib, tikadi. Boshqalar undan ingliz tilini, tibbiyotga doir mavzularni hamda doimo adrenalinga boy narsalarni qidirishni o‘rganishlari mumkin. Kelajakda akusher-ginekologiya sohasida ishlash va shu bilan birga talabalarga dars berishni rejalashtiradi.

Hoziroq ariza qoldirish